DAVLAT QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURLARI UCHUN XOTIN-QIZLARNING TADBIRKORLIKKA TAYYORLIGINI BAHOLASHNING USLUBIY ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada biznesi yoʻq ayollarning tadbirkorlikka tayyorligi biznes boshlash istagi va amaliy resurslar – savdo koʻnikmasi, vaqt, raqamli faollik va moliyaviy bilim birikmasi sifatida oʻrganilgan. Tahlil 2026-yilda respublikaning barcha hududlarida oʻtkazilgan onlayn soʻrov maʼlumotlariga asoslangan. Biznes boshlashni istagan ayollarning taxminan uchdan bir qismida amaliy resurslar yetishmasligi, eng tanqis resurs esa vaqt ekani aniqlangan. Istak va resurslar birikmasiga koʻra tadbirkorlikka tayyorlik darajasi turlicha boʻlgan toʻrt guruh ajratilgan. Yosh, taʼlim, yashash joyi va bandlik kabi demografik mezonlar resursi yetishmaydigan ayollarni aniqlashda kuchsiz vosita ekani koʻrsatilgan. Davlat qoʻllab-quvvatlash dasturlariga qatnashchilarni tanlashda qisqa resurs baholashini joriy etish va resursi past ayollar uchun alohida yoʻnalish tashkil etish taklif qilingan.
Hali tarjima qilinmagan