Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Sog'liqni saqlash tizimida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ta'sir etuvchi iqtisodiy omillar va mavjud muammolar tahlili

Solikhova Dildora Alisher qiziTDIU, "Biznes boshqaruvi" kafedrasi 1-kurs tayanch doktoranti, Analysis of economic factors affecting the development of entrepreneurial activity in the healthcare system and existing problems
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda O'zbekiston Respublikasida sog'liqni saqlash tizimida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ta'sir etuvchi iqtisodiy omillar va mavjud muammolar tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda sog'liqni saqlash xizmatlari bozorining hajmi va dinamikasi, tadbirkorlik subyektlari sonining o'zgarishi, hududiy tafovutlar, aholining to'lov qobiliyati, investitsiya va moliyalashtirish imkoniyatlari, raqobat muhiti, davlat-xususiy sheriklik hamda innovatsion faoliyat tadbirkorlik rivojlanishining asosiy determinantlari sifatida ko'rib chiqilgan. O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasining ma'lumotlari asosida sog'liqni saqlash xizmatlari hajmi 2016-yildagi 1 416,3 mlrd so'mdan 2025-yilda 19 890,6 mlrd so'mga yetgani aniqlangan. Shu davrda sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni ham sezilarli darajada oshgan. Biroq tadbirkorlik faoliyatining hududiy konsentratsiyasi, yuqori investitsion xarajatlar, aholining bevosita tibbiy xarajatlarining yuqoriligi, tibbiy xizmatlar bozoridagi axborot assimetriyasi va moliyaviy resurslardan foydalanishdagi cheklovlar tizimli muammolar sifatida namoyon bo'lmoqda. Tadqiqot natijasida sog'liqni saqlashda tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy, moliyaviy, institutsional va innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba