ZAMONAVIY BADIY JARAYONLARNI BADIY TA'LIMGA INTEGRATSIYA QILISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI: BIENNALE VA FESTIVALLARNING TA'LIMIY SALOHIYATIDAN FOYDALANISH MODELI VA METODIKASI
Annotatsiya
Mazkur tezisda zamonaviy badiiy jarayonlarni badiiy ta'lim mazmuniga integratsiya qilishning ilmiy-pedagogik asoslari, xususan, biennale va festivallarning ta'limiy salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy san'atning real ko'rgazma va festival muhiti talaba hamda o'quvchi uchun autentik o'quv tajribasini yaratishi, vizual va kontekstual tahlil, ijodiy loyiha, refleksiya hamda muhokama jarayonlarini faollashtirishi mumkin. Tadqiqotda pedagogik mediatsiya san'at obyekti, ta'lim oluvchi va pedagogik maqsad o'rtasidagi metodik vosita sifatida talqin qilinadi. UNESCOning madaniyat va san'at ta'limi bo'yicha yondashuvlari, tajribaviy ta'lim nazariyasi hamda zamonaviy san'at pedagogikasi tadqiqotlari asosida integratsion model taklif etiladi [1–7]. Shuningdek, O'zbekistonda o'tkazilgan xalqaro biennale va festivallarning ta'limiy dasturlari misolida ushbu yondashuvning amaliy imkoniyatlari ko'rsatiladi [12–13].
Hali tarjima qilinmagan