Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

CHIA URUG'I VA KUNJUTNING KIMYOVIY TARKIBI HAMDA ULAR ASOSIDA RAXIT VA OSTEOMALATSIYADA QO'LLASH UCHUN FUNKSIONAL SHIFOBAHSH TOVAR YARATISHNING KIMYOVIY ASOSLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Salvia hispanica L. (chia) urug‘i va Sesamum indicum L. (kunjut) urug‘ining kimyoviy tarkibi, biologik faol komponentlari hamda ularning raxit va osteomalatsiyada oziqlanishni qo‘llab-quvvatlovchi funksional shifobahsh tovar yaratishdagi istiqbollari adabiyotlar asosida tizimli ravishda tahlil qilindi. Chia urug‘i oziq tolalari, o‘simlik oqsillari, α-linolen kislota, kalsiy, fosfor, magniy, kaliy va polifenolik birikmalarning muhim manbai sifatida tavsiflanadi. Adabiyotlarda chia urug‘ida kalsiy 456–631 mg/100 g, fosfor 860–919 mg/100 g va magniy 335–449 mg/100 g diapazonlarida qayd etilgan. Kunjut urug‘i esa yuqori lipid va oqsil miqdori, mineral elementlar, tokoferollar, fitosterollar hamda sesamin, sesamolin va sesamol kabi lignanlari bilan ajralib turadi. Ayrim manbalarda kunjut tarkibidagi kalsiy miqdori 714–1150 mg/100 g, fosfor 453–694 mg/100 g va magniy 318–351 mg/100 g oralig‘ida keltirilgan. Biroq o‘simlik xomashyosidagi umumiy mineral miqdori ularning inson organizmida to‘liq o‘zlashtirilishini anglatmaydi. Xususan, fitat va oksalat kabi antinutritsion komponentlar kalsiy va boshqa ikki valentli mineral ionlar bilan kompleks hosil qilib, ularning bioo‘zlashtirilishini cheklashi mumkin. Shu sababli mahsulot yaratishda xomashyoni maydalash, ivitish, qizdirish, unib chiqarish yoki fermentatsiya kabi texnologik jarayonlarni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada chia va kunjutning mineral-nutritiv profilini uyg‘unlashtirish asosida suyak mineralizatsiyasini oziqaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan funksional mahsulot konsepsiyasi taklif etildi. Ushbu yondashuv raxit va osteomalatsiyani klinik davolashni almashtirmaydi, balki tegishli tibbiy terapiyaga qo‘shimcha ravishda ratsionning mineral va biologik faol komponentlar bilan ta’minlanishini yaxshilashga qaratilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba