Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

RADIODIAGNOSTIKA BOʻLIMLARI TIBBIY XODIMLARIDA KASBIY NURLANISH TA'SIRINI KAMAYTIRISH VA OPTIMALLASHTIRISHNING MAKSIMAL HIMOYA STRATEGIYALARI

Нигина Собировна ШакироваBuxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy radiologiya va yadro tibbiyoti kafedrasi assistenti, Buxoro, O'zbekiston
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda radiodiagnostika (rentgen diagnostikasi, kompyuter tomografiyasi, floroskopiya) boʻlimlarida ishlovchi tibbiyot xodimlarida kasbiy nurlanish yuklamasini kamaytirish va profilaktika qilish usullarining samaradorligi kompleks baholandi. Tadqiqot 20 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan 100 nafar bemor va ularga xizmat koʻrsatuvchi radiologik xodimlar ishtirokida oʻtkazildi. Termo-lyuminessent dozimetriya, real vaqtdagi raqamli monitoring, masofaviy va ekranli himoyalanish komplekslari hamda avtomatlashtirilgan kollimatsiya usullarining doza yuklamasiga ta'siri tahlil qilindi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, koʻp bosqichli himoya protokollarining qoʻllanishi xodimlarning yillik effektiv dozasi koʻrsatkichini 58,3% ga kamaytirish imkonini berdi. Boshqariluvchi masofaviy pozitsionerlar hamda dinamik ekranlash usullari nurlanish xavfsizligini ta'minlashning eng samarali omillari ekanligi isbotlandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba