Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

GERPESVIRUSLI INFEKSIYADA SITOKINLAR DINAMIKASI VA KLINIK-PROGNOSTIK AHAMIYATI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda gerpesvirusli infeksiya (OGV-1/2) bilan og‘rigan bemorlarda sitokinlar (IL-6, IL-8, IL-4) dinamikasi va ularning klinik ahamiyati o‘rganildi. Jami 124 nafar bemor tekshirildi, shundan 59 nafarida infeksiya birinchi marta aniqlangan, 65 nafarida esa qaytalanuvchi shakli kuzatilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kasallikning o‘tkir bosqichida yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-6, IL-8) darajasi ishonchli oshishi, davolash fonida esa pasayishi aniqlandi, biroq rekonvalessensiya davrida to‘liq me’yorlashmaganligi qayd etildi. IL-4 sitokinining oshishi kompensator immun javob sifatida baholandi. sitokinlar disbalansi kasallikning qaytalanish xavfini bashorat qilishda muhim mezon ekanligi isbotlandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba