KARDIOTOKOGRAFIK SIGNALLARGA DASTLABKI ISHLOV BERISH MODULINING KOMPONENTLI ARXITEKTURASI VA INTERFEYSLARINI LOYIHALASH
Annotatsiya
Kardiotokografik signallarga dastlabki ishlov berish keyingi tahlil bosqichlari uchun ishonchli kirish ma'lumotlarini shakllantiradi. Real vaqt monitoring tizimlarida bunday modul nafaqat signal buzilishlarini bartaraf etishi, balki turli ma'lumot manbalari bilan ishlashi, hisoblash kechikishini cheklashi va alohida algoritmlarni mustaqil almashtirish imkonini berishi kerak. Ushbu ishda FHR signaliga signal sifatiga moslashuvchan dastlabki ishlov berishni amalga oshiruvchi dasturiy modulning komponentli arxitekturasi taklif etiladi. Modul kirish, tahlil, tiklash va chiqish qatlamlariga ajratilib, kirish adapteri, sifat baholagich, artefakt aniqlagich, strategiya tanlagich, tiklagich va natija shakllantirgich komponentlaridan tashkil topadi. Komponentlar orasidagi ma'lumot almashinuvi aniq interfeyslar orqali tashkil qilinishi modulni aniq kardiotokograf protokolidan ajratish, algoritmlarni mustaqil sinash va konfiguratsiya parametrlarini markazlashgan holda boshqarish imkonini beradi.
Hali tarjima qilinmagan