KICHIK BIZNESDA ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot davrida kichik biznes subyektlari faoliyatida elektron to‘lov tizimlarining iqtisodiy samaradorligi atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – kichik biznes sohalarida naqdsiz to‘lovlarning tadbirkor va xaridor uchun iqtisodiy naf keltirishini miqdoriy asoslash va to‘siqlarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishdan iborat. Mavzuning dolzarbligi shundaki, naqdsiz hisob-kitoblarning oshishi bevosita savdo xarajatlarini kamaytirishga, xizmat ko‘rsatish tezligini oshirishga va aylanma mablag’larni tezlashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida iqtisodiy-statistik, qiyosiy tahlil hamda kuzatish usullaridan foydalanildi. Olingan asosiy natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistondagi milliy ilovalar va savdo terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilish vaqtni 85% ga tejash imkonini beradi va yashirin xarajatlarni to'liq bartaraf etadi. Taklif etilayotgan yondashuvning ilmiy yangiligi elektron to'lovlarning mikrodarajadagi (bitta xaridor kesimidagi) vaqt va tranzaksiya tejamkorligi qiyosiy baholanganligidadir. Uning amaliy ahamiati esa savdo shoxobchalarida xarajatlarni optimallashtirish va to‘lov infratuzilmasini takomillashtirish yuzasidan berilgan aniq xulosa va takliflar bilan izohlanadi.