Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MAKTAB DIREKTORLARI EMOTSIONAL INTELLEKTINI RIVOJLANTIRISHDA QO'LLANILADIGAN AMALIY TEXNOLOGIYALARNI TIZIMLASHTIRISH

Rustamova Barno AbdukhalilovnaOriental Universiteti, Uzluksiz ta'lim pedagogikasi kafedrasi katta o'qituvchisi
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada maktab direktorlarining emotsional intellektini rivojlantirishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan amaliy texnologiyalar tizimlashtiriladi. Rahbarlarning kasbiy rivojlanishida refleksiyaning o'rni, emotsional o'zini o'zi boshqarish usullari, empatiya va muloqotni rivojlantiruvchi trening texnologiyalari hamda boshqaruv vaziyatlarini modellashtirish va keys-stadi metodi tahlil qilinadi. Texnologiyalar to'rt guruhga ajratilib, har bir guruh uchun refleksiv mashqlar, treninglar va vaziyatli topshiriqlardan iborat amaliy tizim taklif etiladi. Texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Taklif etilgan tizimning samaradorligini direktorlar ishtirokidagi empirik tadqiqotlar orqali baholash istiqboli belgilanadi. Tayanch so'zlar: emotsional intellekt, maktab direktori, amaliy texnologiyalar, refleksiya, o'zini o'zi boshqarish, empatiya, trening, keys-stadi, vaziyatli topshiriq.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba