Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KO'MIRNI GAZLASHTIRISH JARAYONIDA UGLEVODORODLAR SINTEZIGA MOS (H2 + CO) TARKIBLI SINTEZ-GAZ OLISH PARAMETRLARINI OPTIMALLASHTIRISH

Karimov Azamat Inoyatillo o'g'liO'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent, O'zbekistonF.M. Yusupovt.f.d., professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent, O'zbekiston
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada Angren qo'ng'ir ko'miri va Sharg'un toshko'mirini gazlashtirish orqali Fisher–Tropsh usulida uglevodorodlar sintezi uchun yaroqli tarkibdagi sintez-gaz olish texnologiyasini takomillashtirish natijalari keltirilgan. Ko'mirlar alohida hamda Sho'rtan gaz-kimyo majmuasining quyi molekulyar polietilen (QMPE) chiqindisi va smolasimon uglevodorod mahsuloti (TAR) bilan birgalikda 500–700 °C haroratda, 100:0 dan 50:50 gacha massa nisbatlarida termokimyoviy qayta ishlandi; gaz tarkibi gaz xromatografiyasi, qo'shimchalar tarkibi GC-MS usulida aniqlandi. Haroratning 500 dan 700 °C gacha oshirilishi H₂ va CO ulushini ko'paytirib, sof ko'mirlarda H₂/CO nisbatini 2,00–1,68 dan 1,70–1,48 gacha pasaytirishi ko'rsatildi. Vodorodga boy (H 11,2–13,4%) qo'shimchalarning 10–20% miqdorda kiritilishi H₂/CO nisbatini 1,84–2,18 oralig'iga, ya'ni uglevodorodlar sintezi uchun maqbul sohaga keltirdi, 700 °C da gaz chiqishi 45–47% ga yetdi. Qo'shimcha ulushi 40–50% ga oshirilganda gaz metanga boyib, quyi yonish issiqligi 5,7–6,7 dan 16,5–19,1 MJ/Nm³ gacha ortdi. Natijalar asosida «sintez» va «energetik» rejimlarga ega gazlashtirish, sovitish va tozalash sxemasi taklif etildi; tajriba-sanoat sinovlarida 1 kg ko'mirdan 1,5–2,0 m³ gaz olinib, energetik samaradorlik 70–75% ni, ishlab chiqarish rentabelligi 30,3% ni tashkil etdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba