KARDIOTOKOGRAFIK SIGNALLARDA MOSLASHUVCHAN ARTEFAKT ANIQLAGICH KOMPONENTINI LOYIHALASH VA BAHOLASH
Annotatsiya
FHR signallarida artefaktlarni aniqlash uchun keng qo'llaniladigan qat'iy chegaralar signalning mahalliy o'zgaruvchanligini hisobga olmaydi. Ushbu ishda dastlabki ishlov berish modulining mustaqil komponenti sifatida mahalliy mediana va medianadan absolyut chetlanishga asoslangan moslashuvchan artefakt aniqlagich ko'rib chiqiladi. Joriy namuna uchun aniqlash chegarasi signalning lokal robast masshtabiga qarab dinamik shakllantiriladi. CTU-UHB yozuvlaridan shakllantirilgan sintetik sinov protokolida moslashuvchan algoritmning artefakt aniqlash F-o'lchovi qat'iy qoidaga nisbatan sezilarli oshgani ko'rsatildi. Komponentning hisoblash murakkabligi va dasturiy interfeysi ham tahlil qilindi.
Hali tarjima qilinmagan