O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING RIVOJLANISHI VA SAVDO KORXONALARI SAMARADORLIGI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish tendensiyalari, uning savdo korxonalari iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etish mexanizmlari va raqamli savdo sharoitida korxonalarni boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Elektron tijorat savdo faoliyatini raqamlashtirishning muhim shakli sifatida qaralib, uning sotuv hajmi, operatsion xarajatlar, mehnat unumdorligi, mijozlarni jalb qilish qiymati, buyurtmalarni bajarish tezligi va mijozlar sodiqligiga ta’siri tizimli yondashuv asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, iqtisodiy-mantiqiy umumlashtirish hamda samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash usullaridan foydalanilgan. O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasining elektron tijorat savdo hajmi bo‘yicha ma’lumotlari asosida bozor rivojlanishining dinamikasi tahlil qilingan. Shuningdek, elektron savdo kanallarini an’anaviy savdo bilan integratsiyalash, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimlarini joriy etish, ma’lumotlarga asoslangan marketing qarorlarini qabul qilish va logistika jarayonlarini optimallashtirishning iqtisodiy ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida savdo korxonalarining raqamli transformatsiyasi faqat onlayn savdo hajmini oshirish bilan cheklanmasdan, balki barcha biznes jarayonlarining muvofiqlashtirilishi va sof iqtisodiy natijaning yaxshilanishiga yo‘naltirilishi lozimligi to‘g‘risida xulosa chiqarilgan.
Hali tarjima qilinmagan