TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA INTERFAOL PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida interfaol pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Zamonaviy oliy ta’lim sharoitida mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi faqat nazariy bilimlarni egallash bilan belgilanmay, balki olingan bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llash, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni tahlil qilish, jamoada ishlash, kommunikativ faoliyatni tashkil etish, raqamli vositalardan foydalanish va kasbiy refleksiyani rivojlantirish haqida tahlil qilingan. Maqolada interfaol pedagogik texnologiyalarni tanlash va qo‘llashda kasbiy faoliyat xususiyatlari, talabalarning individual imkoniyatlari hamda ta’lim natijalarini baholash mezonlarini hisobga olish zarurati asoslangan. Shuningdek, keys-stadi, loyiha metodi, munozara va hamkorlikdagi topshiriqlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali talabalarning kasbiy vaziyatlarga moslashishi, muqobil yechimlarni ishlab chiqishi va o‘z faoliyatini tanqidiy baholash imkoniyatlari ochib berilgan. Interfaol ta’limni maqsadli rejalashtirish, amaliy vazifalar bilan boyitish va refleksiv tahlil asosida tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.