DORIVOR SHAMBALILA (TRIGONELLA FOENUM-GRAECUM L.) URUGʻLARI LIPID FRAKSIYASINING YOG' KISLOTALARI TARKIBINI GC-FID USULIDA TAHLIL QILISH.
Annotatsiya
Dorivor shambalila (Trigonella foenum-graecum L.) ajoyib dorivor va ozuqaviy xususiyatlarga ega eng qadimgi dorivor o'simliklardan biridir. Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi 4000-yillarda paydo bo'lgan. Shambalila o'simligi dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub bir yillik o'simlik bo'lib, urug'i va yashil biomassasi oziqaviy hamda biologik faol komponentlari bilan ahamiyatlidir. Ushbu o'simlikning urug'lari, barglari va hatto butun o'simlik dorivor maqsadlarda kukun va ekstraktlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Dorivor shambalila (Trigonella foenum-graecum L.) urug'larining yog' kislotalari tarkibini o'rganish o'simlik xomashyosining oziqaviy-biologik qiymatini ilmiy jihatdan baholashda muhim ahamiyatga ega. Yog' kislotalari tarkibi gaz-suyuqlik xromatografiyasi (GC-FID) usuli yordamida tahlil qilingan. Eksperimental tadqiqotlar natijasida shambalila urug'ining moy chiqishi, namligi, kul miqdori, kislota soni hamda sindirish ko'rsatkichi kabi muhim fizik-kimyoviy ko'rsatkichlar aniqlandi. Urug' lipidlari tarkibida to'yingan (SFA) va to'yinmagan (UFA) yog' kislotalarining miqdoriy nisbati baholanib, asosiy polito'yinmagan yog' kislota sifatida alfa-linolen kislotasi (C 18:3, 20.10%) hamda linol kislotasi (C 18:2, 19.45%), monoto'yinmagan yog' kislotasi sifatida olein kislotasi (C 18:1, 10.47%) va to'yingan yog' kislotasi sifatida palmitin kislotasi (C 16:0, 16.92%) ustunlik qilishi ko'rsatildi. Natijalarda palmitin, stearin, miristin, olein, linol, alfa-linolen va gamma-linolen kislotalari aniqlangan. Linol va alfa-linolen kislotalarining nisbatan yuqori ulushi shambalila urug'lari lipid profilining muhim xususiyatlaridan biri sifatida qayd etilgan.
Hali tarjima qilinmagan