DINAMIK XUSUSIYATLARNING KONFIGURATSIYAGA BOG'LIQLIGINI HISOBGA OLUVCHI MANIPULYATOR TRAEKTORIYASINI REJALASHTIRISH
Annotatsiya
Maqolada robot-manipulyator dinamik xususiyatlarining (inersiya matritsasi, effektiv massa, yuritma momentlari) ishchi zonasi bo‘yicha o‘zgarishini hisobga oluvchi traektoriya rejalashtirish usuli taklif etilgan. Berilgan geometrik yo‘l bo‘ylab harakat tezligi yo‘l parametri bo‘yicha dinamik tenglamaga keltirilgan, yuritma momenti va bo‘g‘in tezligi cheklovlari asosida tezlik profili raqamli usulda aniqlanadi va yuritmaning 20 % moment zaxirasi saqlanadi. Bundan tashqari, manipulyator konfiguratsiyasi (tirsak holati, ortiqcha erkinlik darajasida oxirgi bo‘g‘in yo‘nalishi) harakat vaqti bo‘yicha tanlanadi. Ikki va uch bo‘g‘inli tekis manipulyatorlar uchun raqamli simulyatsiyada doimiy tezlanishli an’anaviy profilga nisbatan harakat vaqti 18– 36 % ga, konfiguratsiya tanlash bilan birgalikda esa ikki bo‘g‘inli manipulyatorda 49 %, uch bo‘g‘inlida 58 % gacha qisqarishi ko‘rsatilgan.