Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TALABALARDA KASBIY ETIKA VA IJTIMOIY MUOMALA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK STRATEGIYALARI

Dilafruz MAXKAMOVAQo‘qon davlat universiteti, dotsenti (PhD)
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayonida talabalarda kasbiy etika va ijtimoiy muomala madaniyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari hamda samarali strategiyalari tahlil qilinadi. Zamonaviy mehnat bozorida mutaxassisning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari bilan bir qatorda, uning axloqiy qarashlari, muloqot madaniyati, mas’uliyati, jamoada ishlash qobiliyati va kasbiy odob me’yorlariga amal qilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, oliy ta’lim muassasalarida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida kasbiy etika va ijtimoiy muomala madaniyatini maqsadli shakllantirish zarur. Maqolada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, rolli o‘yinlar, keys-stadi, refleksiv yondashuv, jamoaviy faoliyat, pedagogik muloqot va shaxsiy namuna kabi strategiyalarning tarbiyaviy imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, kasbiy etika va ijtimoiy muomala madaniyatini rivojlantirishda o‘qituvchi shaxsining o‘rni, ta’lim muhitining ahamiyati hamda baholash mezonlari haqida fikrlar bildirilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba