Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MUSIQA TA’LIMI TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING STRATEGIK PEDAGOGIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING YAXLIT PEDAGOGIK TIZIMI

Ezozxon QobilovaQo‘qon davlat universiteti, Musiqa nazariyasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) professor
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada musiqa ta’limi transformatsiyasi sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining strategik pedagogik tafakkurini rivojlantirish muammosi yaxlit pedagogik tizim nuqtayi nazaridan tahlil etilgan. Strategik pedagogik tafakkurning mazmuni, tarkibiy komponentlari, rivojlanish mexanizmlari hamda uni bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash jarayoniga integratsiyalashning metodologik asoslari ochib berilgan. Kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuvlarning o‘zaro integratsiyasi asosida strategik pedagogik tafakkurni rivojlantirishning mualliflik konseptual modeli taklif etilgan. Modelning maqsadli, mazmuniy, jarayonli-texnologik va diagnostik-natijaviy bloklari, shuningdek, kognitiv-tahliliy, prognostik, maqsadli-strategik, kreativ-variativ, refleksiv-baholovchi hamda faoliyat-amaliy komponentlari tavsiflangan. Musiqa ta’limida pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, istiqbolli natijalarni prognozlash, muqobil o‘qitish strategiyalarini ishlab chiqish va pedagogik qarorlarning samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan metodik imkoniyatlar asoslangan. Maqola natijalari bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-metodologik va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba