Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Orolboʻyi hududida galofit oʻsimliklarning shoʻrlangan tuproqlarni fitoremediatsiya qilish va ekologik tiklashdagi ahamiyati

Erkin AbdiganievBaxtiyar BabaniyazovQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti –“Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik” ixtisosligi bo‘yicha 2-bosqich mustaqil tadqiqotchi
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Orolbo‘yi hududidagi sho‘rlangan va ekologik degradatsiyaga uchragan tuproqlarni fitoremediatsiya qilish hamda ekotizimlarni tiklashda galofit o‘simliklarning ahamiyati tahlil qilinadi. Galofitlarning yuqori sho‘rlanish sharoitiga morfologik, fiziologik va biokimyoviy moslashuv mexanizmlari, tuproq yuzasini mustahkamlash, shamol eroziyasi va tuz-chang ko‘chishini kamaytirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, ularning tuproq xususiyatlarini yaxshilash, organik moddalar to‘planishini rag‘batlantirish, rizosfera mikroorganizmlari faoliyatini kuchaytirish va biologik xilma-xillikni tiklashdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda Orolbo‘yi sharoitiga mos mahalliy galofit turlaridan ilmiy asoslangan holda foydalanish degradatsiyaga uchragan hududlarning ekologik barqarorligini oshirish va cho‘llanish jarayonlarini kamaytirishda istiqbolli biologik yondashuv ekanligi asoslanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar