Raqamli ta’lim sharoitida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli ta’lim sharoitida ingliz tili o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonining raqamlashtirilishi o‘qituvchilardan nafaqat axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni, balki ularni pedagogik maqsadlarga muvofiq ravishda to‘g‘ri tanlash, elektron ta’lim resurslarini yaratish, o‘quvchilarning raqamli faoliyatini boshqarish, raqamli baholash vositalaridan samarali foydalanish hamda o‘z kasbiy faoliyatini refleksiv tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etmoqda. Maqolada “raqamli kompetentlik” tushunchasining ilmiy-nazariy mazmuni, uning tarkibiy qismlari, ingliz tili o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini rivojlantirish bosqichlari hamda uni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Shuningdek, diagnostik, motivatsion-maqsadli, mazmuniy, amaliy-faoliyatli, baholash-refleksiv va takomillashtiruvchi komponentlardan tashkil topgan model taklif etiladi.
Hali tarjima qilinmagan