Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Sunʼiy intellektning ikkinchi chet tili sifatida ingliz tilini oʻqitishdagi oʻrni

Nozima JakbarovaO'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o'qitish kafedrasi stajor-o'qituvchisi
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish va o‘rganish jarayonidagi o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellektga asoslangan chatbotlar, adaptiv ta’lim platformalari, avtomatlashtirilgan yozma va og‘zaki nutq tahlili, individual fikr-mulohaza berish tizimlari hamda generativ sun’iy intellekt vositalarining imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy tadqiqotlar SI texnologiyalarining o‘quvchilarga individual ehtiyojlariga moslashtirilgan topshiriqlar, tezkor fikr-mulohaza va qo‘shimcha kommunikativ amaliyot imkoniyatlarini taqdim etishini ko‘rsatmoqda. 2024-yilda Xu va Wang tomonidan amalga oshirilgan meta-tahlil 10 mamlakatdagi 40 ta empirik tadqiqot, 3290 nafar ishtirokchi va 55 ta effect size natijasini qamrab olgan bo‘lib, ingliz tilini o‘rganishda SI aralashuvining umumiy ta’sir hajmi g = 0.812 ekanini aniqlagan [1]. Boshqa meta-tahlil 49 ta tadqiqot va 79 ta hisobotni umumlashtirib, SI asosidagi til o‘rganish aralashuvlarining umumiy standartlashtirilgan ta’sir hajmini taxminan 0.982 deb baholagan [2]. Shu bilan birga, SI vositalaridan foydalanishda ma’lumotlar maxfiyligi, akademik halollik, noto‘g‘ri yoki ishonchsiz javoblar, texnologiyaga tengsiz kirish va o‘qituvchining pedagogik rolini noto‘g‘ri talqin qilish kabi muammolar mavjud.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar