Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Ingliz va oʻzbek tillarida qoʻrqitishning frazeologik vositalari: qiyosiy-semantik va pragmatik tahlil

Zafar QurbonboyevO‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi o‘qituvchisi
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida qo‘rqitish kommunikatsiyasining frazeologik vositalari qiyosiy-semantik, pragmatik va lingvokulturologik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ikki tilda tinglovchiga ehtimoliy salbiy oqibat, xavf yoki jazo haqida signal berish, uni ogohlantirish, xatti-harakatini cheklash yoki kommunikativ bosim ostiga qo‘yish vazifasini bajaruvchi frazeologik va turg‘un birliklarning umumiy hamda milliy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda “qo‘rquvni ifodalash” va “qo‘rqitish” tushunchalari farqlanadi: birinchi holatda qo‘rquv subyektning emotsional holati sifatida ifodalansa, ikkinchi holatda so‘zlovchi tinglovchiga xavotir yoki qo‘rquv uyg‘otishga qaratilgan kommunikativ harakatni amalga oshiradi. Ingliz tilidagi pay the price, face the consequences, get what’s coming to you, watch your back, cross the line kabi birliklar hamda o‘zbek tilidagi oqibatini ko‘rasan, qilganing oldingdan chiqadi, hali ko‘rasan, boshingga balo orttirasan, chegaradan oshding kabi birliklar semantik va pragmatik jihatdan tahlil qilinadi. Natijalar ikki tilda qo‘rqitishning asosiy konseptual modeli “harakat – oqibat”, “chegara – buzilish”, “xavf – ehtiyotkorlik” munosabatlariga asoslanishini ko‘rsatadi. Biroq ushbu tushunchalarning frazeologik ifodalanishida milliy-madaniy tafovutlar mavjud. Ingliz tilida shaxsiy javobgarlik va oqibat tushunchasi faol bo‘lsa, o‘zbek tilida oqibat, balo, bosh, taqdir bilan bog‘liq obrazlar nisbatan faol qo‘llanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar