Boshlangʻich sinflarda ingliz tili vositasida oʻquv fanlarini mazmun va til integratsiyasi asosida oʻqitish tamoyillari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tili vositasida o‘quv fanlarini mazmun va til integratsiyasi asosida o‘qitish (CLIL) yondashuvining nazariy asoslari, pedagogik ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. CLIL metodining ta’lim tizimidagi o‘rni, uning o‘quvchilarning til kompetensiyasi bilan bir qatorda kognitiv, kommunikativ va madaniyatlararo ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, maqolada CLILning xalqaro tajribasi, xususan, Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi rivojlanish tendensiyalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mazkur yondashuv zamonaviy ta’limning innovatsion modeli sifatida global raqobatbardosh, ko‘p tilli va keng dunyoqarashga ega shaxslarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi
Hali tarjima qilinmagan