Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Qishloq xoʻjaligida ozon texnologiyalarining qoʻllanilishi: zamonaviy holati, samaradorligi va rivojlanish istiqbollari

Shahnoza ParpiyevaFan va texnologiyalar universiteti, Aniq fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligida ozon texnologiyalarining qo‘llanilishining zamonaviy holati, ilmiy samaradorligi va rivojlanish istiqbollari bibliometrik hamda adabiyotlar tahlili asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda 2016–2025-yillar davomida mavzuga oid ilmiy nashrlarning o‘sish dinamikasi, asosiy kalit so‘zlarning o‘zaro bog‘liqligi, mazkur yo‘nalishda faol mualliflarning ilmiy faolligi hamda tadqiqotlarning davlatlar kesimidagi geografik taqsimoti tahlil qilingan. Tahlil natijalari ozon texnologiyalarining urug‘lik materiallariga ishlov berish, don va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, hosildan keyingi ishlov berish, mikrobiologik zararsizlantirish, mikotoksinlar va zararkunandalarni nazorat qilish, shuningdek mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanayotganini ko‘rsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar