Fuqarolik qonunchiligi raqamli davrda: baʼzi mulohazalar
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada hozirgi raqamli davr sharoitida fuqarolik qonunchiligining rivojlanish tendensiyalari muallifning shaxsiy kuzatishlari va tahlili asosida yoritiladi. Maqolaning maqsadi elektron bitimlar, aqlli (smart) shartnomalar, raqamli mol-mulk hamda masofaviy identifikatsiya kabi institutlarning fuqarolik-huquqiy tartibga solinish holatini o‘rganib, ularni yanada rivojlantirish yuzasidan mulohaza va tavsiyalar bildirishdan iborat. Tadqiqot predmetini O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligi, xorijiy davlatlar tajribasi hamda ilmiy-nazariy yondashuvlar tashkil etadi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, tizimli-tuzilmaviy va formal-yuridik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Muallif “raqamli mol-mulk” va “aqlli shartnoma” tushunchalarini qonunchilikda izchil aks ettirish, elektron shaklda tuzilgan bitimlarning yuridik kuchini yanada aniqlashtirish hamda fuqarolik-huquqiy nizolarni onlayn tartibda hal qilish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildiradi.
Hali tarjima qilinmagan