O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR BANDLIGI MUAMMOLARI VA MEHNAT BOZORIDA RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda yoshlar bandligi masalasi rasmiy demografik va mehnat statistikasi hamda xalqaro tashkilotlar hujjatlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi yoshlar bandligi siyosatini baholashda muhim bo‘lgan demografik ko‘lam, umumiy ishsizlik dinamikasi va 15–19 yoshdagi bandlar sonidagi o‘zgarishlarni tavsiflash hamda mehnat bozoriga o‘tishni yengillashtiruvchi amaliy yo‘nalishlarni asoslashdan iborat. Metodologiyada rasmiy qatorlarni taqqoslash, mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarni hisoblash, hujjatlarning mazmuniy tahlili va ko‘rsatkichlarni metodik jihatdan farqlash usullari qo‘llanadi. Hisob-kitoblar 2020–2025-yillarda mamlakat bo‘yicha ishsizlik darajasi 10,5 foizdan 4,8 foizga tushganini, 15–19 yoshdagi iqtisodiyotda bandlar soni esa 209,7 mingdan 249,0 ming kishiga ko‘tarilganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkichlar yoshlar ishsizligining bevosita o‘lchovi emasligi ta’kidlanadi. Maqolaning amaliy ahamiyati ta’lim va ish beruvchilar hamkorligi, stajirovkalar, kasbiy yo‘naltirish va natijalarni muntazam baholash bo‘yicha tavsiyalar bilan belgilanadi.
Hali tarjima qilinmagan