Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Ingliz va oʻzbek tillarida kollokatsiyalarning uslubiy va grammatik xususiyatlari

Hanifa KirgizovaTuran International University magistranti Gumanitar fanlar fakulteti Linguistika (ingliz tili) yo`nalishi
2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi kollokatsiyalarning grammatik tuzilishi, semantik xususiyatlari hamda turli nutq uslublarida qo‘llanish imkoniyatlari chog‘ishtirma aspektda tadqiq etiladi. Kollokatsiya til birliklarining nutqda muayyan qonuniyat asosida birikishi natijasida yuzaga keladigan, ma’lum darajada turg‘un va tabiiy qo‘llanish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘z birikmasidir. Tadqiqot davomida ingliz tilidagi adjective + noun, verb + noun, noun + noun kabi kollokatsion modellar hamda o‘zbek tilidagi sifat + ot, ot + ot, fe’l + ot va boshqa grammatik modellar qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, kollokatsiyalarning rasmiy-idoraviy, ilmiy, badiiy va so‘zlashuv uslublaridagi funksional xususiyatlari misollar asosida yoritildi. Ingliz va o‘zbek tillarining tipologik jihatdan farqli ekanligi kollokatsiyalarning shakllanishi va tarjima jarayonida muayyan tafovutlarni yuzaga keltirishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari kollokatsiyalarni o‘rganish xorijiy til ta’limi, tarjimashunoslik va lug‘atchilik uchun muhim nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi..

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar