Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarida kreativlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish

Muattar Mo'minovaTuran International University magistranti Gumanitar fanlar fakulteti Linguistika (ingliz tili)yo`nalishi
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kreativlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligi nafaqat lingvistik bilim va ko‘nikmalarni egallash, balki mustaqil fikrlash, pedagogik vaziyatlarga yangicha yondashish, muammolarning muqobil yechimlarini ishlab chiqish va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan kreativ foydalanish qobiliyatlarini shakllantirishni ham nazarda tutadi. Tadqiqotda kreativlikning pedagogik mohiyati, uning tarkibiy jihatlari, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy faoliyatida namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda interfaol ta’lim muhitining kreativlikni rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, kollaborativ texnologiyalar va “Amaliy fonetika” fanini interfaol metodlar asosida tashkil etish orqali talabalarning kreativ tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqot natijasida kreativlikni rivojlantirishning interfaol, hamkorlikka asoslangan va amaliy yo‘nalishdagi metodik shart-sharoitlari aniqlashtirilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar