Boshlangʻich sinf darslarida oʻquvchilarda agressiv xulq-atvorni nazorat qilish: integratsiyalashgan psixologik-pedagogik yondashuv
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida agressiv xulq-atvorning kelib chiqish sabablari, uning ta’lim jarayoniga ta’siri va ushbu xulq-atvorni samarali nazorat qilish metodikasini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etadi. Maqolada agressiya muammosiga psixologik (ijtimoiy o‘rganish nazariyasi, kognitiv-xulq-atvor nazariyasi) va pedagogik yondashuvlar uyg‘unligi asosida kompleks yechimlar taklif qilinadi. O‘qituvchining sinf muhitini boshqarish, ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalarni o‘rgatish, xulq-atvorni pozitiv mustahkamlash, shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlik qilishga qaratilgan strategiyalar batafsil yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi – agressiv xulq-atvorning oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, ta’lim samaradorligini oshirish va sinfda ijobiy, xavfsiz muhitni yaratishga ko‘maklashishdan iborat.
Hali tarjima qilinmagan