Kooperativ yondashuv asosida pedagogik kasbiy tayyorgarlikni baholash mezonlari va koʻrsatkichlari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak va faoliyat yurituvchi pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligini kooperativ (hamkorlikdagi) yondashuv nuqtai nazaridan baholash muammosi ko‘rib chiqilgan. Kooperativ yondashuvning mohiyati, uning zamonaviy pedagogik ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilingan hamda pedagogik kasbiy tayyorgarlikni baholashning bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan besh mezoni — kognitiv-bilim, faoliyat-amaliy, ijtimoiy-kommunikativ (hamkorlik), motivatsion-qadriyat va reflektiv-baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Har bir mezon bo‘yicha yuqori, o‘rta va past darajalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar asoslangan. Taklif etilgan mezonlar tizimi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning amaliy-pedagogik tayyorgarligini, shuningdek, malaka oshirish kurslarida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini ob’ektiv baholash imkonini beradi.
Hali tarjima qilinmagan