DORIVOR MOYCHECHAK (MATRICARIYA CHAMOMILLA. L.,) VA ZARAFSHON ARCHASI (JUNIPERUS SERAVSCHANICA KOM..)DAN OLINGAN FITOMOYINING (HOT PLATE) ISSIQ PLASTINKA USULIDA OG’RIQ QOLDIRUVCHI TAʼSIRINI O’RGANISH
M.I. SarimsakovFarg’ona Jamoat salomatligi instituti, Farmakologiya kafedrasi katta o’qituvchisiR.X. SultanovaToshkent Farmatsevtika instituti, Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi mudiri, PhD, dotsentB.S. TulyaganovToshkent Farmatsevtika instituti, Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o’qituvchisi, PhD
2026en
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotning maqsadi dorivor moychechak (Matricaria chamomilla L.) va Zarafshon archasi (Juniperus seravschanica Kom.) dan olingan fitomoyning og’riq qoldiruvchi taʼsirini o’rganishdan iborat. Antinotsiseptiv taʼsir “Hot plate” — issiq plastinka usulida baholandi. Ushbu usul termik notsisepsiyaga javob berish latent davrini aniqlashga asoslangan bo’lib, fitomoyning og’riq sezuvchanligini kamaytirishdagi farmakologik potensialini baholash imkonini berdi. Olingan maʼlumotlar moychechak va Zarafshon archasi asosidagi fitomoyni istiqbolli tabiiy antinotsiseptiv vosita sifatida o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos6 ta foydalanilgan manba