Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SANOAT KORXONALARIDA BIOENERGETIKA LOYIHALARIGA INVESTITSIYALARNI YOʻNALTIRISHNING MINTAQAVIY USTUVORLIKLARINI IQTISODIY BAHOLASH

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada sanoat korxonalarida bioenergetika loyihalariga investitsiyalarni yoʻnaltirishning mintaqaviy ustuvorliklarini iqtisodiy baholash masalasi oʻrganildi. Bioenergetika iqtisodiyoti, xomashyo logistikasi, joylashuv nazariyasi va koʻp mezonli qaror qabul qilish yondashuvlari umumlashtirilib, xomashyo salohiyati, sanoat talabi hamda infratuzilma va investitsiya muhitini qamrab oluvchi besh koʻrsatkichli tizim shakllantirildi. Milliy statistika qoʻmitasining hududiy maʼlumotlari asosida koʻrsatkichlar vaznlari entropiya usuli bilan aniqlandi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahri uchun TOPSIS usulida ustuvorlik indeksi hisoblandi. Sanoat mahsuloti hajmi eng katta vaznga (0,338) ega boʻlgani, Toshkent viloyati 0,787 indeks bilan birinchi oʻrinni egallagani aniqlandi. Hududlar yuqori, oʻrta va past ustuvorlikdagi uch guruhga ajratildi, teng vaznli variant bilan taqqoslash reytingning yuqori barqarorligini (rang korrelyatsiyasi 0,886) tasdiqladi. Muallif har bir guruh uchun biogaz va biomassa loyihalarini moliyalashtirish va joylashtirishning farqlangan mexanizmini asosladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar