MINTAQAVIY IQTISODIY TIZIMLARDA RAQAMLI MONITORINGNING IQTISODIY FUNKSIYALARI VA HUDUDIY RIVOJLANISHGA TAʼSIR MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Maqolada mintaqaviy iqtisodiy tizimlarda raqamli monitoringning iqtisodiy mazmuni, asosiy funksiyalari va hududiy rivojlanishga taʼsir mexanizmlari tadqiq etilgan. Raqamli monitoringning axborot, diagnostik, prognostik, muvofiqlashtiruvchi, nazorat va erta ogohlantirish funksiyalarining mintaqaviy boshqaruvdagi oʻrni asoslangan. Hududiy iqtisodiy jarayonlarni real vaqtga yaqin rejimda kuzatish, resurslardan foydalanish samaradorligini baholash, iqtisodiy nomutanosiblik va xavflarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarining natijadorligini oshirish imkoniyatlari tizimlashtirilgan. Raqamli monitoringning hududiy iqtisodiy rivojlanishga taʼsirini ifodalovchi konseptual mexanizm taklif etilgan. Tadqiqotda Oʻzbekiston hududlari va Namangan viloyatining 2016-2025-yillardagi raqamli infratuzilma hamda iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari qiyosiy tahlil qilingan. Natijalar respublika boʻyicha har 100 aholiga toʻgʻri keladigan internet abonentlari soni 3,14 marta, YaIM esa 6,37 marta oshganini, biroq hududlarda raqamlashtirish surʼatlari bilan iqtisodiy natijalar oʻrtasida bir xil nisbat shakllanmaganini koʻrsatdi. Raqamli monitoringni iqtisodiy natijaviy koʻrsatkichlar bilan integratsiyalash boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.