QISHLOQ XOʻJALIGIDA YASHIL INNOVATSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI DIVERSIFIKATSIYALASHNING IQTISODIY-INSTITUTSIONAL JIHATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada qishloq xoʻjaligida yashil innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashning iqtisodiy va institutsional asoslari tizimli ravishda oʻrganildi. Yashil innovatsiyalar ijobiy tashqi samara va yuqori risk bilan tavsiflanuvchi investitsiyalar sifatida talqin etildi. Yashil moliya, agrar kredit bozorlari, aralash moliyalashtirish va portfel nazariyasi umumlashtirilib, moliyalashtirish manbalarining sakkiz turdan iborat tipologiyasi ishlab chiqildi. Milliy Statistika qoʻmitasi maʼlumotlari asosida asosiy kapitalga investitsiyalarning manbalar tarkibi uchun Herfindal-Hirshman va Shennon indekslari hisoblandi. Normallashtirilgan Shennon indeksi 2024-yilda 0,771 ni, 2025-yilda 0,734 ni tashkil etgani, qishloq xoʻjaligining investitsiyalardagi ulushi 5,1 foizdan 8,7 foizga oshgani aniqlandi. Muallif nisbiy moliyalashtirish uzilishi koeffitsiyentini taklif etdi va uning 0,724 dan 0,497 gacha qisqarganini koʻrsatdi. Natijalar asosida manbalar portfelini kredit kafolatlari, agrosugʻurta va yashil obligatsiyalar orqali kengaytirishning institutsional mexanizmi asoslandi. Tahlil 2024-2026-yillar boʻyicha rasmiy statistika va xalqaro moliya institutlari maʼlumotlariga tayandi.