Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDA RESURSLAR SARFINI OPTIMALLASHTIRISHNING EKOLOGIK BARQARORLIK VA IQTISODIY SAMARADORLIKKA TAʼSIRI

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada kichik biznes subyektlarida sunʼiy intellekt asosida resurslar sarfini optimallashtirishning iqtisodiy va ekologik natijalari yagona tizimda oʻrganildi. Porter gipotezasi, ekologik samaradorlik konsepsiyasi va ajralish (decoupling) nazariyasi asosida qoʻsh samara yondashuvi ishlab chiqildi. Our World in Data maʼlumotlari boʻyicha 2010-2022-yillarda Oʻzbekiston YaIM 101,7 foizga oʻsgani holda CO2 chiqindilari 10,6 foizga oshgani, YaIM birligiga toʻgʻri keladigan CO2 sigʻimi 45,1 foizga kamaygani aniqlandi. Qoʻshilgan qiymatning ekologik bosimga nisbati koʻrinishidagi ekologik samaradorlik koʻrsatkichini va iqtisodiy hamda ekologik samarani geometrik oʻrtacha orqali birlashtiruvchi qoʻsh samara indeksini taklif etildi. Kichik korxona misolidagi faraziy hisob sunʼiy intellekt vositalarining oʻz energiya izi hisobga olinganda ham indeks ijobiy qiymat olishini koʻrsatdi. Natijalar kichik biznesda sunʼiy intellektni yashil iqtisodiyot maqsadlari bilan uygʻunlashtirish uchun ilmiy asos boʻldi. Tahlil 2010-2022-yillar boʻyicha xalqaro maʼlumotlar bazasi va Statistika agentligi koʻrsatkichlariga tayandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar