HUDUDLARDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA BARQAROR ISH BILAN BANDLIKNI TAʼMINLASH IMKONIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada hududlarda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish orqali barqaror ish bilan bandlikni taʼminlash imkoniyatlari oʻrganildi. Tadqiqot inson kapitali, institutsional iqtisodiyot va hududiy rivojlanish nazariyalariga tayandi. Statistika agentligining 2017-2024-yillar maʼlumotlari asosida dinamik, tarkibiy va hududiy qiyosiy tahlil oʻtkazildi. Korxonalarda ayol rahbarlar soni 42,4 ming kishidan 65,0 ming kishiga, yaʼni 1,5 barobar oshgani, oʻsish surʼati Surxondaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida yuqori, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida past boʻlgani aniqlandi. Yollanib ishlovchilar orasida ayollar ulushi 38,5 foizdan 41,6 foizga koʻtarildi. Hududiy ixtisoslashuvga moslashtirilgan differensial qoʻllab-quvvatlash, dasturlarni natijaga yoʻnaltirilgan baholash, moliyalashtirishni maslahat va mentorlik xizmatlari bilan birlashtirish hamda hududiy hamkorlik modelini shakllantirish taklif etildi. Barqaror bandlikni tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy yashovchanligi va saqlab qolingan ish oʻrinlari orqali oʻlchash asoslandi.