KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA SUNʼIY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING AHOLI TADBIRKORLIK DAROMADLARINI OSHIRISHGA TAʼSIRI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada kichik biznesda sunʼiy intellektdan foydalanish aholining tadbirkorlik daromadlariga qanday yetib borishi oʻrganildi. Korxona foydasining oʻzgarishi aylanma oʻsishi, yangi bozorlar va xarajatlarni tejash tarkibiy qismlariga ajratildi, natija esa tadbirkorlik daromadining aholi daromadidagi ulushi orqali uy xoʻjaliklari darajasiga oʻtkazildi. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilda oʻz-oʻzini band qilishdan olingan daromadlar aholi umumiy daromadining 34,0 foizini tashkil etdi, bu ulush Jizzax viloyatida 51,6 foizga yetdi, Toshkent shahrida 10,7 foiz boʻldi. Shartli ssenariylarda sunʼiy intellekt kichik korxona foydasini 6,7-29,0 foizga oshirishi, bunda past rentabellik sharoitida xarajatlarni tejash hissasi aylanma oʻsishidan yuqori boʻlishi koʻrsatildi. Bir xil texnologik taʼsir Jizzax viloyatida aholi daromadini Toshkent shahridagiga nisbatan 4,8 baravar koʻp oshirishi aniqlandi. Sunʼiy intellekt vositalarini tadbirkorlik daromadi ulushi yuqori viloyatlarda ustuvor joriy etish va qamrov darajasini statistik kuzatish taklif etildi.