Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARIDA RISKLARNI TAQSIMLASH VA FISKAL XATARLARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmini amalga oshirishda risklarni oqilona taqsimlash hamda davlatning bevosita va shartli fiskal majburiyatlarini boshqarishning nazariy, metodologik va amaliy asoslari tadqiq etiladi. Uzoq muddatli shartnomaviy munosabatlarda valyuta, talab (bozor), qurilish va operatsion risklarning nomutanosib taqsimlanishi davlat byudjetiga salbiy fiskal yuk orttirishi mumkin. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasida soʻnggi yillarda, xususan, energetika, transport va ijtimoiy sohalarda yoʻlga qoʻyilayotgan yirik DXSh loyihalari misolida risklar matritsasi va shartli majburiyatlarni (contingent liabilities) hisobga olish tizimi tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida davlatning fiskal barqarorligini saqlagan holda xususiy sektor investitsiyalarini kafolatlash hamda risklarni boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tahlil natijalari valyuta va talab risklari boʻyicha davlat kafolatlari shartli majburiyatlarning asosiy manbai ekanini koʻrsatdi. Yagona milliy risklar matritsasi standarti, shartli majburiyatlar elektron bazasi, “Value for Money” tahlilini majburiy qilish, “daromadlar darchasi” modeli va milliy valyutadagi infratuzilma obligatsiyalari taklif etildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar