MINTAQADA YUQORI QO‘SHILGAN QIYMATLI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISHNING ILG‘OR XORIJIY TAJRIBASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada mintaqada yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarning nazariy-uslubiy va tashkiliy-iqtisodiy jihatlari o‘rganilgan. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga yo‘naltirilgan sanoat siyosatini amalga oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik modernizatsiyalash, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, sanoat klasterlarini rivojlantirish va korxonalarni global qiymat zanjirlariga integratsiyalashtirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda sanoat tarmoqlarini tarkibiy transformatsiyalash, mahalliy resurslarni chuqur qayta ishlash, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati yoritilgan.