Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DAVLAT ISHTIROKIDAGI TRANSPORT KORXONALARIDA MULKDORLIK VA BOSHQARUV FUNKSIYALARINI AJRATISHNING INSTITUTSIONAL-IQTISODIY MEXANIZMLARI

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada davlat ishtirokidagi transport korxonalarida mulkdorlik va boshqaruv funksiyalarini ajratishning institutsional-iqtisodiy mexanizmlari oʻrganildi. Siyosiy aralashuv, toʻliq boʻlmagan shartnomalar va institutsional oʻzgarish nazariyalariga tayanib, mulkdorlik funksiyasini tashkil etishning markazlashmagan, dual, markazlashgan va xolding modellari qiyoslandi. Singapur, Malayziya va Qozogʻiston tajribasi Oʻzbekistonning fuqaro aviatsiyasi, temir yoʻl transporti va davlat aktivlarini boshqarish sohasidagi 2018-2023-yillar islohotlari bilan solishtirildi. Funksiyalarning vaznli ajratilganlik indeksi taklif etildi va meʼyoriy hujjatlar asosida uch bosqich uchun baholandi: indeks 0,150 dan 0,625 ga, keyin 0,925 ga oshdi. Kuzatuv kengashini mulkdor va ijroiya organ oʻrtasidagi ajratuvchi boʻgʻin sifatida ifodalovchi model ishlab chiqildi. Indeks dinamikasi islohotlarning tizimli xarakterga ega ekanini tasdiqladi. Tahlil davlat aktivlarini boshqarishning xalqaro yoʻriqnomalari va milliy qonunchilik hujjatlariga tayandi. Natijalar transport aksiyadorlik jamiyatlarida ijroiya rahbarni tayinlash, mulkdorlik siyosati, tijoriy boʻlmagan majburiyatlar va kengash mustaqilligi boʻyicha takliflar bilan yakunlandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar