Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TOʻQIMACHILIK KORXONALARIDA RAQOBATBARDOSHLIK OMILLARI VA UNI INTEGRAL BAHOLASH

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada toʻqimachilik sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni boshqarish samaradorligiga taʼsir etuvchi omillar, mezonlar va indikatorlar tizimi hamda ularning integral bahosi asoslangan. Omillar besh boshqaruv konturi boʻyicha guruhlangan, har bir kontur ichida omil, mezon va indikator funksional zanjir sifatida bogʻlangan, indikatorlarning chegaraviy qiymatlari shartnoma sharti, tarmoq darajasi va koʻp yillik qatorga tayangan holda belgilangan. Integral baho oʻtish ichida umumlashgan darajali oʻrtacha, oʻtishlar orasida vaznli geometrik oʻrtacha sifatida hisoblanadi va uzilishlar boʻyicha dekompozitsiya qilinadi. Yigiruv korxonasi maʼlumotida geometrik baho additiv bahodan 0,087 ga past boʻlib, zaif boʻgʻinni yashirmasligi koʻrsatilgan. Integral baho 0,575 ga teng boʻlib, umumiy uzilishning 52 foizi narx ustamasi oʻtishiga, 26 foizi takroriy buyurtma oʻtishiga toʻgʻri keldi. Tarmoq darajasidagi tahlil ham uzilish qiymat zanjiri oʻtishlarida joylashganini koʻrsatdi. Natijalar boshqaruv taʼsirini eng zaif oʻtishga yoʻnaltirish boʻyicha takliflar bilan yakunlangan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar