MINTAQALARNING EKOLOGIK-IQTISODIY IXTISOSLASHUVI SAMARADORLIGINI BAHOLASH USLUBIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada mintaqalarning ekologik-iqtisodiy ixtisoslashuvi samaradorligini baholashning nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etildi. Hududlarning tabiiy-resurs salohiyati, ishlab chiqarish tarkibi, iqtisodiy natijadorligi va ekologik yuklamasi oʻrtasidagi funksional bogʻliqliklar asoslandi. Ekologik-iqtisodiy samaradorlikni baholashda resurslar unumdorligi, yaratilgan qoʻshilgan qiymat va ekologik xarajatlarni integratsiyalashga asoslangan kompleks indikatorlar tizimi taklif etildi. Hududiy ixtisoslashuvning ekologik cheklovlarini hisobga oluvchi integral baholash yondashuvi ishlab chiqilib, mintaqalarning qiyosiy ustunliklarini aniqlash hamda iqtisodiy oʻsish va ekologik barqarorlik oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari asoslandi.