OILAVIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA YASHIL MARKETING STRATEGIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY YOʻNALISHLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada oilaviy tadbirkorlik subyektlarida yashil marketing strategiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy yoʻnalishlari oʻrganildi. Yashil marketing, uning marketing kompleksi elementlari boʻyicha talqini hamda oilaviy biznesning ekologik xulq-atvorini tushuntiruvchi sotsial-emotsional boylik nazariyasi umumlashtirildi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari asosida kichik biznesning iqtisodiyotdagi oʻrni tahlil qilindi: 2025-yilda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 52,2 foizni, 2026-yil 1-iyul holatiga faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 1 236,1 mingtani tashkil etgani aniqlandi. Yashil marketing samaradorligi koeffitsiyenti va oilaviy korxonaning yashil marketingga tayyorlik integral indeksi taklif etildi. Yashil marketing kompleksi va tashkiliy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash vositalarini birlashtiruvchi model hamda uning baholash koʻrsatkichlari ishlab chiqildi.