Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SANOAT KORXONALARIDA SIRKULYAR INVESTITSIYALARNI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLI BANDLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada sanoat korxonalarida sirkulyar investitsiyalarni rivojlantirish orqali aholi bandligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari oʻrganildi. Sirkulyar iqtisodiyot tushunchasi, uning mehnat bozoriga taʼsiri va sirkulyar faoliyat turlarining mehnat sigʻimi boʻyicha tadqiqotlar umumlashtirildi. Oʻzbekistonda sanoat ishlab chiqarishi, ikkilamchi resurslar va mehnat bozori koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Toʻqimachilik chiqindilari hajmi 2025-yilda 14,2 foizga oʻsib, 25,8 ming tonnaga yetgani, investitsiya loyihalari hisobiga yaratilgan ish oʻrinlari jami yaratilgan ish oʻrinlarining 5,8 foizini tashkil etgani aniqlandi. Sirkulyar investitsiyalarning nisbiy bandlik sigʻimi koeffitsiyenti va sof bandlik samarasini baholash formulasi taklif etildi. Tashkiliy, iqtisodiy va kadrlar tayyorlash mexanizmlarini birlashtiruvchi model ishlab chiqildi. Taʼmirlash, saralash va qayta ishlash faoliyatini sanoat zonalarida rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan takliflar berildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar