Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

AGRAR SEKTORDA YER RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINING HUDUDIY TAFOVUTLARINI IQTISODIY BAHOLASH

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston agrar sektorida sug‘oriladigan yerlardan foydalanish unumdorligining hududiy tafovutlari iqtisodiy baholandi. Tadqiqot 2010 va 2020-yillar bo‘yicha o‘n uch hudud ma’lumotlariga asoslandi. Gektar hisobiga mahsulot hajmi, fizik hajm indekslari, variatsiya koeffitsiyentlari va Teyl indeksi yordamida hududiy farqlar o‘rganildi. Teyl dekompozitsiyasi orqali zonalararo va zona ichidagi tafovutlar ajratildi. Tahlilda real dehqonchilik mahsulotining gektar hisobiga o‘sishi va hududiy tafovutlarning qisqarishi qayd etildi. Yer unumdorligi bilan sho‘rlangan maydonlar ulushi o‘rtasida teskari bog‘liqlik aniqlandi. Meliorativ holatni yaxshilash, agrotexnologik tajribani yoyish va ekinlar tarkibini hududiy sharoitlarga moslashtirish yo‘nalishlari asoslandi. Natijalar yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha hududiy dasturlarni shakllantirish va muntazam monitoring ko‘rsatkichlarini tanlash uchun tahliliy asos sifatida umumlashtirildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar