TIBBIY KIMYONI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTEGRATIV O‘QITISH METODIKASI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Maqolada bo‘lajak shifokorlarga Tibbiy kimyo fanini o‘qitishda integrativ yondashuv va raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga asoslangan metodika nazariy jihatdan asoslangan. Tibbiy kimyo mavzularini fundamental (fiziologiya, biokimyo) va klinik fanlar bilan mazmunan bog‘lash, o‘quv jarayonini klinik vaziyatdan boshlash va virtual laboratoriya, simulyatsiya, molekulyar vizualizatsiya hamda LMS vositalaridan maqsadli foydalanish taklif etiladi. Metodika to‘rt tarkibiy qismdan (maqsad-motivatsion, mazmuniy, texnologik, nazorat-baholash) va to‘rt bosqichli dars siklidan iborat model sifatida ishlab chiqilgan. Maqolada mazmuniy integratsiya jadvali va baholash mezonlari keltirilgan; metodikaning samaradorligini pedagogik tajriba-sinovda tekshirish tartibi belgilangan.