ARXITEKTURA YO‘NALISHI TALABALARINING INGLIZ TILIDA GAPIRISH KO‘NIKMASINI FAOLIYATGA YO‘NALTIRILGAN ANALITIK RUBRIKA ASOSIDA BAHOLASH METODIKASI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Maqolada arxitektura yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini kasbiy-kommunikativ vaziyatlarda baholash uchun ishlab chiqilgan faoliyatga yo‘naltirilgan analitik rubrika (performance-oriented analytical rubric)ning metodik tuzilishi yoritiladi. Baholash konstruktida gapirish faoliyati to‘rtta o‘zaro bog‘liq, biroq alohida kuzatiladigan mezon orqali operatsionallashtirilgan: Kasbiy vazifani bajarish (Task Completion), Tildan foydalanish (Language Use), Kommunikativ samaradorlik (Communicative Effectiveness) va Debrifing sifati (Debriefing Quality). Har bir mezon 25 ball bilan baholanib, umumiy natija 100 ballik tizimda aniqlanadi. Rubrikaning o‘ziga xosligi gapirish ko‘nikmasining umumiy ko‘rsatkichlarini arxitektura ESP kontekstidagi loyiha taqdimoti, mijoz bilan muzokara, texnik muhokama, dizayn qarorini asoslash va reflektiv debrifing kabi professional vazifalar bilan bog‘lashidadir. Maqolada mezonlarning nazariy asoslari, kuzatiladigan indikatorlari, to‘rt darajali deskriptorlari, BAD (Briefing–Action–Debriefing) siklidagi o‘rni hamda o‘qituvchi bahosi, o‘zaro baholash (peer assessment) va o‘zini o‘zi baholash (self-assessment) bilan integratsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda rubrika natijalari mezonlarga asoslangan (criterion-referenced) va shakllantiruvchi baholash dalili sifatida talqin qilinadi; diagnostik test natijalariga tegishli inferensial statistik xulosalar rubrika ballariga ko‘chirilmaydi.
Hali tarjima qilinmagan