XITOY VA O‘ZBEK TILLARIDA “BAXT” KONSEPTINING LISONIY IFODASI: 福 [FÚ] VA “BAXT” LEKSEMALARINING QIYOSIY TAHLILI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Mazkur maqolada xitoy va o‘zbek tillarida “baxt” konseptining lisoniy ifodalanishi qiyosiy-semantik yondashuv asosida tadqiq etildi. Tadqiqotning asosiy obyekti xitoy tilidagi 福 [fú] va o‘zbek tilidagi “baxt” leksemalari bo‘lib, ularning lug‘aviy-semantik mazmuni, frazeologik birliklarda namoyon bo‘lishi, lingvomadaniy assotsiatsiyalari hamda konseptual tarkibiy qismlari tahlil qilindi. Xitoy tilida 福 [fú] leksemasining “baxt”, “farovonlik”, “marhamat”, “yaxshi tilak” kabi ma’nolarni qamrab olishi va uning an’anaviy 五福 [wǔfú] modeli bilan aloqasi ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tilida “baxt” leksemasining omad, saodat, qut, tole, iqbol, hayotdan mamnunlik va orzu-intilishlarning ro‘yobga chiqishi bilan bog‘liq semantik xususiyatlari yoritiladi. Qiyosiy tahlil natijasida har ikki tilda farovonlik, omad, qoniqish, oilaviy baxt, ezgulik va yaxshi tilak kabi umumiy komponentlar mavjudligi, biroq ularning milliy-madaniy konseptuallashtirilishida farqlar borligi aniqlandi. Xitoy lingvomadaniyatida baxt ko‘proq yaxlit farovonlik modeli sifatida, o‘zbek lingvomadaniyatida esa shaxsiy hayot, oila, nikoh, omad va taqdir bilan bog‘liq ko‘p qirrali tushuncha sifatida namoyon bo‘ladi.
Hali tarjima qilinmagan