Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDA ISHLAB CHIQARISHDAGI NUQSONLARNI KAMAYTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Sodiqova Dilnoza JumanazarovnaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, t.f.n., PhD
2026en
ABI

Annotatsiya

Maqolada kichik biznes subyektlarida sunʼiy intellekt asosida ishlab chiqarishdagi nuqsonlarni kamaytirishning iqtisodiy samaradorligi sifat xarajatlari nazariyasi doirasida oʻrganilgan. Oldini olish, baholash, ichki va tashqi nosozlik xarajatlari tasnifi, Taguchi yoʻqotish funksiyasi va statistik jarayon nazorati gʻoyalari asosida past sifat xarajatini nuqson ulushi, aniqlash darajasi va yolgʻon signal ulushi orqali ifodalovchi model taklif etildi. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, kichik tadbirkorlikning sanoat mahsulotidagi ulushi 2025-yilda 34,9 foizni tashkil etgani qayd etildi. Shartli korxona misolida sunʼiy intellekt vizual nazorati past sifat xarajatini 64,9 foizga qisqartirgani, investitsiya 3,1 yilda qoplanishi va zararsizlik chegarasi 2,8 foizli nuqson ulushiga toʻgʻri kelishi hisoblandi. Muallif natijani aniqlash darajasidan koʻra koʻproq tashqi nosozlik qiymati belgilashini asosladi va kichik korxonalar uchun sifat darvozasi modelini ishlab chiqdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba