O‘ZBEK BADIIY MATNLARIDA FE’L KOMPONENTLI KOLLOKATSIYALARNING MORFOLOGIK PARADIGMASI VA LEKSIKOGRAFIK TALQINI
Haydar HamdamovAxborot texnologiyalari va menejment universiteti Filologiya kafedrasi dotsenti v.b., filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
2026
Ochiq kirish: yoʻq
ABI
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek badiiy matnlarida fe’l komponentli kollokatsiyalarning morfologik jihatdan turli shakllarda voqelanishi hamda mazkur shakliy tarqoqlikning korpus tahlili va leksikografik tavsifga ta’siri o‘rganilgan. Maqola materiali sakkiz adibga mansub o‘n bir to‘liq nasriy asardan tuzilgan, 610 707 tahliliy so‘z shakini qamrab olgan elektron korpusdan olindi. Apostrof shakllari birxillashtirilib, gap chegaralari ajratilgach, tayanch komponent va fe’l negizining bevosita qo‘shnichiligiga asoslangan o‘n ikki kollokatsion oila tekshirildi. Tekshirilgan oilalarda 1 195 qo‘llanish va 314 yuzaki shakl aniqlandi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos7 ta foydalanilgan manba