HADIS DISKURSIDA XUSHMUOMALALIK STRATEGIYALARINING PRAGMATIK TAVSIFI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Maqolada hadis diskursida xushmuomalalik strategiyalarining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari Brown va Levinsonning “yuz” (face) nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi hadis matnlarida bevosita (bald on-record), ijobiy xushmuomalalik, salbiy xushmuomalalik va bilvosita (off-record) strategiyalarning namoyon bo‘lish shakllarini aniqlash hamda ularning diniy-axloqiy kommunikatsiyadagi funksiyasini ochib berishdan iborat. Hadis diskursidagi xushmuomalalik diniy mazmunni yumshatish bilangina cheklanmay, adresatning qadr-qimmatini saqlash, ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash va axloqiy ta’sirni kuchaytiruvchi pragmatik mexanizm sifatida xizmat qilishi asoslandi.
Hali tarjima qilinmagan